Atamboyevga taalluqli ish yuzasidan sud jarayoni boshlandi

Olam

image
Atamboyev nimadan bosh tortyapti? north_east

Atamboyev nimadan bosh tortyapti?

2019 yilning avgust oyida Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Qoy-Tosh qishlog‘ida sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish vaqtida ommaviy tartibsizliklar bo‘lgan edi. Bugun, 23 mart kuni poytaxtning Pervomayskiy tuman sudida ushbu voqea ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“23 mart kuni Pervomayskiy tuman sudida 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qoy-Tosh qishlog‘ida yuz bergan tartibsizliklar yuzasidan sud jarayoni boshlandi", dedi sud devonxonasi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish bo‘yicha 14 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan. Ular orasida Atamboyev, Prezident apparati sobiq rahbari Farid Niyazov, shuningdek, milliy parlament a’zolari Asel Koduranova va Irina Karamushkina ham bor. Mamlakat sobiq Prezidenti Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) tergov hibsxonasidan sud binosiga yetkazilgan. Atamboyev u yerda 2019 yilning avgustidan beri hibsda saqlanmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Atamboyev 8 avgust kuni Chuy viloyatining Qoy-Tosh qishlog‘ida o‘z qarorgohida 24 soat davom etgan maxsus operatsiya paytida hibsga olingan. Operatsiya paytida maxsus kuchlarning bir xodimi o‘ldirilgan. Qarama-qarshilik paytida 100 dan ortiq odam, shu jumladan, politsiya xodimlari jarohatlangan. Sobiq Prezidentni qo‘lga olishgach, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasiga olib borishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Almazbek Atamboev

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing