Atamboyev qamoqxonadan shifoxonaga o‘tkazildi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) tergov izolyatoridan shifoxonaga o‘tkazildi. Bunga Ataboyevda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangani sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda MXDQ.

“Atamboyev o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgach, undan koronavirus uchun tahlil olindi. Uning natijasi manfiy bo‘ldi. Shu kunning o‘zida shifokorlarning onlay konsiliumi o‘tkazildi va unga “ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yildi”, deyiladi xabarda. Shifokorlar sobiq Prezidentni shifoxonaga ko‘chirishga qaror qilgan.

MXDQning ta’kidlashicha, so‘nggi haftada Atamboyev bir necha marta advokatlar va yaqinari bilan uchrashgan. Ular unga “qog‘oz va buyumlar” berishgan. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, advokatlardan birida virusli infeksiyaning alohida alomatlari aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev joriy yilning 23 iyun kuni Bishkekning Pervomay tuman sudi tomonidan korrupsiyada aybdor deb topilib, 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 63 yoshli sobiq Prezident va yana 19 kishi 2013 yilda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning ozod qilinishiga yordam bergan.

Almazbek Atamboyev 2011-2017 yillarda mamlakatni boshqargan. U 2019 yilning 8 avgust kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida qo‘lga olingandi. Uni ushlash uchun maxsus operatsiya o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

756

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing