Atamboyev maxsus reysda Moskvaga uchib ketdi

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Kanr rus harbiy aviabazasidan maxsus reys bilan Moskvaga uchib ketdi.

Atamboyev Moskvada kim bilan uchrashishi noma’lum. Faqatgina uchrashuvning samolyot taklif qilayotgan tomondan yuborilgani va uchrashuv yuqori darajada o‘tishi aytilgan.

Atamboyev Rossiyaga yolg‘iz ketmadi. Unga Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Asel Koduranov, QSDP partiyasi raisi o‘rinbosari Murodil Madaminov, Irina Kramushkina, Qunduz Jolduboyeva va QSDPning Rossiyadagi vakili Temirlan Sultonbekov hamrohlik qilyapti.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston parlamenti joriy yilning 27 iyun kuni Almazbek Atamboyevni daxlsizlik huquqi va sobiq prezident maqomidan mahrum qilgandi.

Shundan so‘ng Atamboyevni tergov tortish mumkin bo‘ldi va u guvoh sifatida ko‘rsatma berish uchun tergovga chaqirildi. Biroq u uch marta ham chaqiriqga javob qaytarmadi.

So‘nggi bor, hatto, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari kelib, Atamboyevni guvoh sifatida olib ketish uchun keldi. Lekin bundan hech bir natija chiqmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing