Atamboyev 2010 yildagi “O‘sh voqealari”da ayblanmoqda

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev 2010 yil iyun voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Bu haqda 24.kg agentligiga advokat Sergey Slesarev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Almazbek Atamboyevning o‘zi gumonlanuvchi to‘g‘risidagi xabarnomani olishdan bosh tortgan, shuning uchun uni sobiq Prezident vakili olgan.

“Almazbek Atamboyev gumonlanuvchi to‘g‘risidagi xabarnomani olish va hujjatlarni imzolash bilan bog‘liq barcha tergov harakatlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Ular sobiq Prezidentga xabarni yetkazishim uchun xabarnomani menga berishdi”, deydi Sergey Slesarev.

Muvaqqat hukumat 2010 yil aprel voqealaridan keyin tuzilgan. Unga 14 kishi, jumladan, Roza Otunbayeva (MH rahbari), Almazbek Atamboyev (birinchi o‘rinbosar), Temir Sariyev va Azimbek Beknazarov (MH rahbari o‘rinbosari), Damira Niyazaliyeva (Sog‘liqni saqlash vaziri) kirdi.  Emilbek Kaptagayev MH apparati rahbari edi.

Iyun voqealari bo‘yicha jinoiy tergov 2021 yil aprel oyida qayta tiklangan. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish” moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat mansabdor shaxslariga nisbatan 2010 yilning may-iyun oylarida respublika janubida fojiali oqibatlarga olib kelgan sabablardan biri – Qodirjon Botirovning mamlakatdan to‘siqlarsiz noqonuniy chiqib ketishiga ko‘maklashganlik fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. 

2010 yilning iyun oyi Qirg‘izistonning janubi. Mahalliy qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro chiqdi. “O‘sh voqealari” nomi bilan tarixga kirgan ushbu nizo oqibatida 500 ga yaqin inson halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni mingdan, qo‘shni O‘zbekistonga qochib o‘tganlar soni esa yuz mingdan oshdi. Bundan tashqari 3,5 mingdan ortiq ko‘chmas mulk vayron qilindi. Shundan atiga 275 tasi davlatga tegishli, qolgan katta qismi esa mahalliy aholining boshpanasi edi. Ushbu statistika voqeaning ko‘lamidan dalolat: yongan uylar, qonga belangan qo‘llar, yaqinlaridan ayrilgan insonlar.  


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing