Atamboyev 18 kunlik hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sud qarori bilan joriy yilning 26 avgustigacha hibsga olindi. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi. 

“Sud qaroriga ko‘ra, Atamboyev 26 avgustgacha hibsga olingan”,  deydi u. Unga ko‘ra, sud qarori Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) binosida qabul qilingan, u yerga poytaxtning Pervomayskiy tumani sudyasi taklif qilingan. “Sudya Atamboyevni tergov tadbirlari davomida hibsga olishga qaror qildi”, degan Slesarev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra,  sobiq prezidentni hibsga olish paytida bir qator protsessual qoidalar buzilgan.

“Mijozimga hibsga olish to‘g‘risida hech qanday hujjat taqdim etilmadi, unga ogohlantirish berildi va darhol ehtiyot chorasi ko‘rildi”, deya ta’kidlaydi advokat. 

Atamboyev payshanba kuni qariyb 24 soat davom etgan maxsus operatsiya davomida Chuy viloyatining Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohida hibsga olingan. Bu chorshanba kuni, MXDQ maxsus kuchlari korrupsiyada gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga olish uchun birinchi urinish bo‘lganida va Atamboyevning daxlsizlik huquqidan mahrum bo‘lgan paytdan boshlandi. Unga qarshi qo‘yilgan barcha ayblovlarni bir necha bor rad etgan sobiq davlat rahbarining tarafdorlari qarshilik ko‘rsatishdi, operatsiya davomida maxsus kuchlarning bir ofitseri o‘ldirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 98 kishi jarohatlangan. 

Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Atamboyev xavfsizlik kuchlariga qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiyani buzganini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev kecha huquq-tartibot organlariga taslim bo‘lgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning amaldagi davlat rahbari Sooranboy Jeenbekov bilan telefon orqali suhbat qurib va mamlakatdagi vaziyatni muhokama qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing