Atamboyevni qo‘lga olishda halok bo‘lgan polkovnikning onasiga medal topshirildi

Olam

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish jarayonida halok bo‘lgan maxsus xizmat xodimi Usenbek Niyazbekov oila a’zolari – onasi Okto Mamayeva, bevasi Nazira Bazarboyeva, ukasi Asanbek Niyazbekov va uning o‘g‘li Timur Niyozbekov bilan uchrashdi. 

Davlat rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimi, polkovnik Niyazbekovning joriy yilning 7 avgust kuni ro‘y bergan voqealar paytida vafot etgan oilasiga hamdardlik bildirdi va Usenbek butun hayotini Vatanga xizmat qilish,  fuqarolar xavfsizligi va mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashga bag‘ishlaganini ta’kidladi. Terroristik guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha bir qator maxsus operatsiyalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va milliy xavfsizlik idoralari tomonidan turli idoraviy mukofotlar bilan taqdirlangan. 

Sooronbay Jeenbekov Usenbek Niyazbekovning o‘limi nafaqat uning oilasi va yaqinlari uchun,  balki davlat uchun ham katta yo‘qotish ekanligini aytgan.  

Prezident Niyozbekovlar oilasiga “Erdik” medalini topshirdi. 

Usenbek Niyazbekovni “Erdik” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining farmoni (harbiy xizmatni bajarishda ko‘rsatgan shaxsiy jasorati uchun) 2019 yil 27 avgustda Qirg‘iziston Respublikasining Mustaqillik kuni arafasida imzolandi. 

Usenbekning onasi Niyozbekova mamlakatda tinchlik va osoyishtalik bo‘lishini, onalarning ko‘z yoshlari bo‘lmasligini istadi. Okto Mamayeva davlat rahbariga Qirg‘iziston xalqi farovonligi yo‘lida samarali ishlarni tiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 avgust kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyati Qo‘y-Tosh qishlog‘ida mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev Sooranbay Jeenbekov Usenbek Niyazbekov

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing