Astronomlar ikki quyoshli noyob sayyoralarni aniqladi

Bu qiziq

image

Astronomlar jamoasi yangi, noodatiy usul yordamida ikki yulduzli tizim atrofida aylanuvchi 27 ta “nomzod sayyora”ni aniqlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘zga ko‘rinmas bu mayda o‘zgarishlar ilgari hech kim ko‘rmagan sayyoraning gravitatsion izi bo‘lishi mumkin. Odatda yangi sayyoralar yulduz oldidan o‘tganda uning yorug‘ligi pasayishi orqali tranzit usuli bilan topiladi. Ammo bu tadqiqotda olimlar boshqacha yondashuvni qo‘llab, ikki yulduz bir-birini yopib o‘tyotgandagi vaqtda juda kichik o‘zgarishlarni kuzatgan. Ana shu mayda vaqt siljishlari tizim atrofida aylanyotgan ko‘rinmas sayyoraning gravitatsion ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Tadqiqotga Yangi Janubiy Uels universiteti doktoranti va SETI instituti tadqiqotchisi Margo Tornton rahbarlik qilgan. Unda NASA’ning Transiting Exoplanet Survey Satellite (TESS) kosmik teleskopi ma’lumotlari tahlil qilingan.

Sayyoralarni topishning yangi usuli

Ko‘pchilik ma’lum ikki yulduzli sayyoralar, ya’ni ikki yulduz atrofida aylanuvchi dunyolar odatda yulduz oldidan o‘tib, uning yorug‘ligini pasaytirganda aniqlanadi. Bu holat mashhur “Star Wars: A New Hope” filmidagi Tatuin sayyorasidagi ikki quyosh botishi manzarasini eslatadi. Biroq bu usul faqat tizim Yerga nisbatan aniq moslashgan holda joylashgan bo‘lsa ish beradi. Agar bunday bo‘lmasa, sayyorani bu usul bilan ko‘rishning imkoni yo‘q.

Yangi tadqiqot esa “apsidal pretsessiya” deb ataluvchi hodisaga asoslanadi. Bu ikki yulduz orbitasining vaqt o‘tishi bilan asta-sekin burilishi bilan bog‘liq. Agar ikki yulduzli tizim atrofida sayyora bo‘lsa, uning gravitatsiyasi yulduzlar bir-birini yopib o‘tayotgan vaqtda juda nozik, lekin o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. NASA’ning TESS teleskopi orqali yillar davomida to‘plangan ma’lumotlarda ana shu mayda vaqt siljishlarini kuzatib, olimlar sayyoralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rmasdan turib ham ularning mavjudligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirli Pluton sayyorasi haqida maqola e’lon qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Astronomlar quyoshli noyob sayyoralar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar