AstraZeneca qo‘llash oson bo‘lgan vaksinani taqdim etmoqchi

Olam

image

AstraZeneca kompaniyasi Oksford universiteti bilan birgalikda COVID-19 ga qarshi burun uchun sprey ko‘rinishidagi vaksinasini sinovdan o‘tkazish uchun ko‘ngillilar izlamoqda. Bu haqda "Financial Times" xabar bergan.  

Xabarlarga ko‘ra, sinovning birinchi bosqichi uchun 40 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar jismonan sog‘lom kishilar kerak bo‘ladi. 

Ta’kidlanishicha, test sinovlari taxminan to‘rt oy davom etadi. 

Ma’lumot uchun, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilib, ba’zilarning vafot etishi ortidan Yevropaning qator rivojlangan davlatlari preparatni qo‘llashni to‘xtatib qo‘ygandi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini qabul qilib oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing