“Aston Villa” katta transferlarni amalga oshirdi

Sport

image

Birmingemning “Aston Villa” jamoasi Markus Reshford va Marko Asensio transferini amalga oshirishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Aston Villa” klubi “Manchester Yunayted”da murabbiy Ruben Amorim bilan kelisha olmagan Markus Reshford va PSJ safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Marko Asensioni tarkibga qo‘shib oldi.

Ta’kidlanishicha, klub har ikki futbolchini ijara asosida safiga qo‘shib oladi. Asensio mavsum yakuniga qadar, Reshford esa sotib olish opsiyasi bilan jamoaga kelib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuran “Al-Nasr”ga o‘tgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing