“Al-Nasr” 77 million yevrolik transferni amalga oshirdi
Sport
−
30 yanvar
2013Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi “Aston Villa”ning kolumbiyalik hujumchisi Jon Duranni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli hujumchi transferi riyodliklarga 77 million yevroga tushgan. Futbolchi bilan tuziladigan shartnoma muddati hozircha aniq emas, ammo Duran bilan kelishuv uzoq vaqtga mo‘ljallangan.
Tez orada Duran “Al-Nasr”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub futbolchisi sifatida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” tomonidan narxi 40 million yevroga baholanayotgan Duran joriy mavsum “Aston Villa” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi. Angliya klubigacha Duran “Chikago Fayr” va “Envigado” kabi klublarda to‘p tepgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

