Asrning eng yaxshi darvozaboni e’lon qilindi

Sport

image

Italiyalik afsonaviy posbon Janluijji Buffon XXI asrning yaxshi darvozaboni deb topildi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Umumiy hisobda ekspertlar XXI asrning eng yaxshi darvozabonlari reytingiga 25 kishini kiritdi. Ushbu ro‘yxatda esa “Yuventus” va Italiya terma jamoasining 46 yoshli sobiq darvozaboni birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka germaniyalik Manuel Noyer va ispaniyalik Iker Kasilyas kiritildi. 

Kuchli o‘nlikda esa Petr Chex (4-o‘rin), Oliver Kan (7-o‘rin) va Edvin van der Sar (8-o‘rin) kabi faoliyatini yakunlagan yirik nomlarni ko‘rish mumkin. Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan Tibo Kurtua 5-o‘rin, Alisson 6-o‘rin, Yan Oblak 9-o‘rin va Emiliano Martines 10-o‘rinda qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Buffon faoliyati davomida UEFA versiyasiga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek, u jamoaviy sovrinlardan Jahon kubogi va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iker Kasil'yas Manuel' Noyer Janluijji Buffon Darvozabon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing