Olimlar ogohlantiradi: Saratondan ham xavfli kasallik aniqlandi

Salomatlik

image

Har yili sepsis kasalligi 11 million odamning o‘limiga sabab bulayotgani aniqlandi. Bu ma’lumot Britaniyaning Lancyet tibbiy jurnalida chop etilgan kasalliklar bo‘yicha global hisobotda keltirilgan.

Pittsburg va Vashington universitetlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotda sepsisdan o‘lganlar soni dunyodagi barcha o‘limlarning 19,7 foizini tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. Umuman olganda, sepsis sayyorada 48,9 million odamda rivojlangan. Shunday qilib, JSST mutaxassislari bu kasallik ichki organlarning hayot uchun xavfli bo‘lgan disfunksiyasi, tananing infeksiyaga reaksiyasini tartibga solishning buzilishi natijasida har yili 30 million odamda rivojlanib, 6 million kishining hayotiga zomin bo‘lishini aytdi.

"Biz sepsis bilan kasallanish sonini kamaytirish bo‘yicha global tendensiyani qayd etdik. Ammo eng muhimi, sepsisdan o‘lganlar soni, o‘lim va o‘limning yosh bo‘yicha taqsimlanishida mintaqalar o‘rtasida jiddiy tafovut saqlanib qolmoqda", deb ta’kidladi tadqiqot mualliflari.

Shuningdek qo‘shimcha qilinishicha, joyga bog‘liq bu farqlar olimlarni qattik tashvishlantirmoqda. Global sog‘liqni saqlash tadqiqotlar va siyosiy hamjamiyatning diqqatini tortmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

kasallik Saraton

Baholaganlar

1114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing