Asli amerikalik bokschi Putin surati tushirilgan futbolkada ko‘rinish berdi
Sport
−
13 fevral 2024 7907 1 daqiqa
Rossiya fuqaroligini olgan asli amerikalik bokschi Kevin Jonsonning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ismi va surati tushirilgan 12 ta futbolkasi borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bokschining o‘zi "RIA Novosti"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jonsonga ko‘ra, u turli tadbirlar va matbuot anjumanlarida Putinning surati tushirilgan libosda yurishni o‘ziga odat qilib olgan.
“Rossiya fuqaroligini olganimdan keyin o‘zimni yaxshi his qila boshladim. Bu mening ikkinchi tug‘ilgan kunim”, deydi Jonson.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik bokschi 9 yanvar kuni fuqarolikni qabul qilgandi.
Ma’lumot uchun, umumiy hisobda 44 yoshli sportchi professional ringda 60 ta jang o‘tkazgan va shulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 22 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.
Live
Barchasi