Asl muammo qolib blogerga yopishgan soliqchilar. Allamjonov DSQga talab bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov o‘zining tvitterdagi sahifasida bloger Aziz Ashurbayev bilan bog‘liq holat bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qildi. Unda bloger bilan bog‘liq holat o‘rganib chiqilib, inspektorning xatti-harakati qonunga zidligi aniqlansa unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilgan.

“Soliq idorasi xodimlari bloger Aziz Ashurbayevning telefoni va uning Instagram tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushdi. Davlat soliq qo‘mitasidan ushbu holatni o‘rganib, agarda inspektorning xatti-harakati qonunga zid bo‘lsa, chora ko‘rilishi talab qilinadi.

Soliqchilarimiz blogerlarni soliqqa tortish yoki ularga qarshi yuqoridagidek zo‘ravonlik qilishdan avval tizimdagi korrupsiyani yo‘qotish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish kabi eng dolzarb muammolarni hal etsalar, jamiyatga va iqtisodiyotga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edilar.

Shuni alohida ta’kidlashni istar edimki, yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasi ostida. Ularga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatga qarshi turishga tayyormiz!”, deya yozib qoldirgan Allamjonov sahifasida.

Komil Allamjonovning tvitlaridan biroz avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, blogerlik faoliyati bilan bog‘liq xabarlarda ko‘tarilgan masalalar o‘rganish o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.

Unda tekshiruvlar natijasi yuzasidan batafsil rasmiy ma’lumot berilishi ma’lum qilinishi ta’kidlagandi.

Kecha, 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Blogerni tunagan qaroqchilar” sarlavhasi ostida post qoldirilgandi. Unda Instagram`da 300 minglik audiyatoriyasi bor sahifasiga ega bloger Aziz Ashurbayev 8 iyun kuni kanalida reklama joylashtirish bo‘yicha uchrashuvga borib, reklama uchun 400 ming so‘mni olgan vaqtida begona shaxsar yetib kelishgani, ular o‘zlarini soliqchilar sifatida tanishtirib, telefonini olib qo‘yishgani, Instagram`dagi sahifasining parollarini o‘zgartirib, sahifasiga ega chiqishgani, ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalaridagi yozishmalarini ham kuzatishayotganidan shikoyat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov bloger

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing