Asilbek Jalilov Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi
Sport
−
06 aprel
2759Braziliyada davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogining-50 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Asilbek Jalilov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Final jangida u fransiyalik raqibi Niki Kummingsni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va Jahon kubogi g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, 6 aprelga o‘tar kechasi yana 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye Belini (Braziliya) 23:30;
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) 23:45;
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okoh (Angliya) 00:00;
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) 04:00;
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Vanderley Perreyra (Braziliya) 04:45;
+90 kg: Jahongir Zokirov - Damar Tomas (Angliya) 05:00.
LiveBarchasi
Trenddagilar




