Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

To‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Braziliya mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogi yarim finalining dastlabki kun bahslarida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Shundan 4 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Madiyar Daniyarov braziliyalik Luiz Oliveyraga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, bronza medalini naqd qildi. -50 kg vazn toifasida qatnashgan Asilbek Jalilov hindistonlik raqibi Jandumani Mandengbamni 3:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. -75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev polshalik Mixal Yarlinskini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -90 kg vazn toifasida esa To‘rabek Habibullayev hindistonlik Vishalni to‘liq ustunlik bilan, ya’ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, finalchiga aylandi. +90 kg vazn toifasida esa Jahongir Zokirov qozog‘istonlik raqibi Daniyal Saparbayni to‘liq ustunlik bilan, ya’ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

4 aprelga o‘tar kechasi yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Jose Felipe (Gvatemala) 03:15

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston) 04:00

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Yakub Strashevski (Polsha) 04:45.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jahon kubogi To'rabek Habibullaev Asilbek Jalilov Fazliddin Erkinboev Jahongir Zokirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing