Ashraf G‘ani O‘zbekistonda. U Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi

Jamiyat

image_2021-07-15_13-40-02

Bugun, 15 iyul kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.

Konferensiyada qatnashish uchun Pokiston bosh vaziri Imron Xon ham Toshkentga kelishi kutilmoqda. Shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari konferensiyada ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600dan ortiq.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiya doirasida Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Bangladesh, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, AQSH Prezidentining Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idorasi rahbari Jozep Borrel bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent konferentsiya Ashraf G'ani

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing