Ashraf G‘ani rafiqasi bilan Toshkentga keldi — OAV

Olam

image

Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etib, rafiqasi bilan O‘zbekiston poytaxta Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda TASS “Al Jazeera” telekanaliga tayanib.

“G‘ani, uning turmush o‘rtog‘i hamda devonining milliy xavfsizlik bo‘yicha rahbari mamlakatni tark etdilar va Toshkentga yetib bordilar”, deya Prezident tan soqchisining so‘zlarini keltirgan telekanal.

Shu bilan birga “Al Jazeera”ning Omondagi manbalari Ashraf G‘ani oilasi bilan sultonlikka kelgani haqidagi OAVda tarqalgan ma’lumotlarni inkor qilgan.

Shu o‘rinda "Interfaks"ning Toshkentdagi manbasi G‘ani O‘zbekistonga kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning aytishicha, G‘anining samolyotini qabul qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov kelib tushmagan.

Ma’lumot uchun, kecha Afg‘onistonda "Tolibon" hokimiyati o‘rnatildi. Harakat butun mamlakat bo‘ylab nazorat o‘rnatilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Qobul taslim bo‘lishi bilan Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, Tojikistonga jo‘nab ketgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ashraf G'ani

Baholaganlar

3821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing