Ashraf G‘ani qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Afg‘onistonni tark etgan sobiq Prezident Ashraf G‘ani va uning oila a’zolariga boshpana berdi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni WAM axborot agentligi mamlakat Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligiga tayanib xabar berdi

“BAA Prezident Ashraf G‘ani va uning oilasini insoniylik yuzasidan mamlakatga qabul qildi”, deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrini jangsiz egalladi. Mamlakat Prezidenti Ashraf G‘ani o‘sha kuni iste’foga chiqqanini e’lon qildi

Biroq, bir muddat sobiq Prezidentning qayerda ekani ochiq qoldi. OAVda uni qaysi davlat qabul qilgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Shu bilan birga, Ashraf G‘anining mamlakatni vertolyot to‘la pul bilan tark etgani aytildi

Ma’lumot o‘rnida, Ashraf G‘ani Afg‘oniston Islom Respublikasini 2014 yildan beri boshqarib kelayotgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2037

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing