Ashraf G‘ani dunyo yetakchilariga chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

Afg‘oniston Islom Respublikasi muhim geosiyosiy nuqtada joylashgan va hali ishga solinmagan ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Bu haqda Afg‘oniston Islom Respublikasi (AIR) Prezidenti Muhammad Ashrf G‘ani BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.

U nutqi avvalida BMTning Afg‘oniston va butun dunyoga ta’sir ko‘rsatayotgan muammoni hal qilishdagi rolini e’tirof etdi.

“Bizga kerak bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti – bu xartiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun kerakli kuch, imkoniyat, kapital va vakolatga ega tuzilma”, degan G‘ani.

Afg‘oniston Prezidenti chiqishi davomida xalqaro jamoatchilikni Afg‘onistonni suveren va demokratik davlat sifatida shakllanishi uchun qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

“Fursatdan foydalanib, Bosh Assambleya va P5 (BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari – AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) ning har bir a’zosidan so‘nggi 19 yildagi yo‘qotishlarini tiklab, yanada ko‘paytira oladigan suveren, yagona va demokratik Afg‘onistonni shakllantirishga chaqiraman”, degan G‘ani.

Shuningdek, u Afg‘onistonda zo‘rlikni tugatish zarurligini ta’kidladi va o‘t ochishni to‘xtatishga erishish Hukumatning muzokaralardagi asosiy maqsadi ekanini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf G‘anining BMTdagi nutqi Qatarda Hukumat va "Tolibon" vakillari o‘rtasida davom etayotgan tinchlik uchun muzokaralar fonida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Ashraf G'ani

Baholaganlar

389

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing