AQSHning O‘QRBSHdan chiqishi MDH doirasida muhokama qilinadi

Olam

image

AQSHning O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH)dan chiqishi MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashida muhokama qilinadi. Vazirlar kengashi joriy yilning 5 aprelida Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Hamdo‘stlikdagi doimiy vakili Andrey Grozov ma’lum qildi.

"Ha, bu mavzu (AQSHning O‘QRBSHdan chiqishi) Atlantikadan Uralgacha bo‘lgan hududda strategik barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda dolzarb bo‘lib turibdi. Bu masala MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashida muhokama qilinadi", degan Grozov.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy Vashington 2 fevral kuni Rossiya bilan tuzilgan O‘QRBSHdan chiqish jarayonini boshlashini ma’lum qilgandi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Rossiya olti oy muddatda shartnoma shartlarini bajarishga qaytmasa kelishuv bekor bo‘lishini qayd etgan.

RF prezidenti Vladimir Putin 2 fevral kuni mamlakati AQSHning O‘QRBSHdan chiqish qaroriga analogik javob qaytarishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'QRBSh MDH

Baholaganlar

32

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing