Ashxobodda MO va YeI vazirlarining 20-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Bugun, 27 mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari vazirlarining 20-uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari ishtirok etgan. Uchrashuvda 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, keng ko‘lamli masalalar, jumladan, hozirgi geosiyosiy vaziyatning mintaqaviy oqibatlari, transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, energetika, suv resurslari, savdo, ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlik muhokamalarning asosiy mavzulari bo‘lgan.

Qolaversa, uchrashuvda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili va Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun,  3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Toshkentga kelib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Turkmaniston Ashxobod Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing