Poytaxt hokimi to‘siqlarni uchinchi martta oldiryapti
Olam
−
18 Oktabr 2019
5831Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri hokimi Shamuhammet Durdiliyev buyrug‘idan so‘ng shaharning Paraxat-7 kichik tumanidagi Baba Annanova ko‘chasi (avval Kotovskiy ko‘chasi) bo‘ylab yo‘l chetlaridagi to‘siqlar olib tashlanishi boshlandi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Durdiliyevning shaharning obodonlashtirish haqidagi buyruqlari ijrosi loqaydlik bilan bajarilgan. Yo‘laklardan tashqari, xokimga plitkalar notekis yotqizilgani yoqmadi.
Ushbu ko‘chadagi to‘siqlar besh yil ichida uchinchi marta o‘zgarmoqda. Shu bilan birga, yo‘llar bo‘ylab kanalizatsiya va drenaj tizimlariga hech kim jalb qilinmayapti.
Drenaj tizimlari tiqilib qolgan yoki yetishmayotgani sababli Ashxobod kuchli yomg‘irdan keyin ko‘pincha suv ostida qolmoqda.
LiveBarchasi