AQSH O‘zbekistonni harbiy savdoda Rossiyadan uzoqlashtirish harakatiga tushdi

Olam

image

AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyadan qurol olishdan voz kechib, Amerika bilan shartnoma tuzishlariga harakat qilyapti. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni AQSH Kongressi Senatining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlarda AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) boshlig‘i general Jozef Votel ma’lum qildi.
 
“Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiya bilan harbiy savdolardan uzoqlashtirmoqchimiz, biroq Amerika tizimlarining qimmatligi keyinchalik ham Qozog‘iston kabi davlatga muammo bo‘lishi mumkin”, degan general.
 
“O‘zbekiston o‘z harbiy xaridlarini diversifikatsiyalashga qiziqish bildirdi va xarid qilmoqchi bo‘lgan Amerika tizimlari hamda uskunalari ro‘yxatini taqdim etdi. Bunday qiziqish O‘zbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirish va munosabatlarimizni chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, degan Votel.
            
General Tojikiston bilan ham aloqalar yaxshilanayotganini ma’lum qilgan va bu hol poytaxt Dushanbe yaqinidagi harbiy bazada rasmiy Moskvaning ta’siri o‘sib borayotganiga qaramay yuz berganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JozefVotel

Baholaganlar

341

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing