AQSH Usama ben Ladenning o‘g‘li haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi

Olam

image

AQSH davlat departamenti “Al-Qoida” terrorchilik harakati asoschisi Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamza ben Laden haqidagi ma’lumot uchun 1 mln AQSH dollari miqdorida mukofot belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Departamentning diplomatik havfsizlik bo‘limi a’zosi, terrorizm bilan kurash muvofiqlashtiruvchisi Natan Seyls bayonotiga ko‘ra, jangarining o‘g‘li Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilariga terrorchilik hujumi uyushtirish bilan tahdid qilgan. Amaldor BMTning barcha a’zo davlatlarini Hamza ben Ladenning bankdagi hisob raqamlarini muzlatish, boshqa davlatga chiqishiga va  unga qurol sotilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Seylsning ta’kidlashicha, “Al-Qoidani” faqatgina harbiy yo‘l bilan yengishning iloji yo‘q, shuning uchun ham AQSH davlat departamenti xalqaro hamkorlarini fuqaroviy yo‘llardan borishga undamoqda. ISHID ularga tegishli bo‘lgan hududlarni qo‘ldan chiqarayotgan bir paytda yangi terroristik uyushmaning oldini olish kerak.

Davlat departamenti raisi Maykl Evanovning keyinchalik ma’lum qilishicha, “birinchi raqamli terrorchining” vorisi ayni damda Afg‘oniston va Pokiston chegarasi, yoki Eronda yashiringan.

“Bizning tahminimizcha, u hozir Afg‘oniston va Pokiston chegarasida yoki Eronda. Hamza ben Laden terroristik guruhning navbatdagi rahbari bo‘ladi degan gumondamiz”, degan fikrni bayon qildi diplomat.

Ma’lumot o‘rnida, 2011 yil 2 may kuni AQSH sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning asosiy dushmani, birinchi raqamli terrorchi— Usama ben Ladenning o‘ldirilganini rasman e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Al-Qoida Usama ben Laden

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing