AQSH elchixonasi xodimi aeroportda mina bilan ushlandi
Olam
−
09 mart 2019
8905Bugun, 9 mart kuni Moskvada AQSH elchixonasi xodimi aeroportda yuklari orasida minomyotli minani olib o‘tishga urindi. Minaning portlatuvchi qurilmasi bo‘lgan, biroq portlovchi modda bo‘lmagan. Bu haqda “Lenta” xabar berdi.
Hodisa Sheremetova aeroportida yuz bergan. Mina elchixona xodimidan tortib olingach, u Nyu-Yorkka uchib ketgan. Qayd etilishicha, AQSH elchixonasi vaziyatdan boxabar qilingan.
Rasmiy Moskva hodisani tashviqot maqsadida amalga oshirilgan va elchixona xodimi bila turib shunday qilgan deb hisoblayapti.
LiveBarchasi