AQSH Hormuz bo‘g‘ozini kechalari minalardan tozaladi – FT
Olam
−
15:21 375 2 daqiqa
AQSH to‘rt oy davomida Hormuz bo‘g‘ozini kechalari minalardan tozalash ishlarini olib bordi. Bu haqda operatsiya borishidan xabardor manbalariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
“So‘nggi oylarda AQSH Hormuz bo‘g‘ozida Eron bilan javob zarbalarini almashayotgan bir paytda, ular ushbu tor va strategik muhim suv yo‘lida ancha xufiyona operatsiyani ham amalga oshirishdi. Asosan kechalari xavfli bo‘g‘ozga AQSH Harbiy-deniz kuchlari (HDK) maxsus topshiriqli kuchlari g‘avvoslari, robotlashtirilgan katerlar va ixtisoslashtirilgan suvosti apparatlari to‘rt oylik minalardan tozalash missiyasini o‘tkazish uchun yuborilgan”, deyiladi gazeta xabarida.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya asosan sutkaning qorang‘i vaqtida olib borilgan. AQSH HDK g‘avvoslari shishirilma bortli kichik suzish vositalaridan foydalangan holda kichik guruhlar tarkibida harakat qilgan. Ular minalarni shatakka olinadigan gidroakustik antenna panjaralari bilan jihozlangan robotlashtirilgan katerlar va suv osti apparatlari yordamida aniqlagan.
Gazeta AQSH HDKning iste’fodagi kapitani Bill Xembletning so‘zlaridan iqtibos keltirgan: u odatda mina aniqlanganda g‘avvoslar suvga tushib, uni yo‘q qilish uchun ustiga portlovchi modda o‘rnatishini ta’kidlagan. Bunday operatsiyalarda minalarni yo‘q qilish uchun suv osti robotlaridan ham foydalanilishi mumkin. “Financial Times”ning yozishicha, aynan minalardan tozalash bilan bog‘liq holda amerikalik harbiylar orasida yo‘qotishlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron javob zarbalarini almashgani haqida xabar berilgan edi. Bu bir oylik nisbiy sukunatdan so‘ng bir hafta oldin harbiy harakatlar qayta boshlanganidan beri amalga oshirilgan navbatdagi hujumlar raundi bo‘lgan.