Asakada yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
Jamiyat
−
30 iyul 2019
8799O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 - 2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq viloyatning Andijon shahri va Asaka tumanida mashinasozlikka oid sanoat loyihalari amalga oshiriladi.
Xususan, Andijon shahrida avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 13 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.
Asaka tumanida esa mashinasozlikka oid 3 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Loyihalardan biri yangi avtomobillar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Loyiha tashabbuskori “GM Uzbekistan” AJ bo‘lib, loyiha qiymati - 2 124 300,0 mln so‘m (2,1 trln so‘m). Ushbu qiymatdan 637 500,0 mln so‘mi korxonaning o‘z mablag‘lari, 91 500,0 ming dollari xorijiy kredit, 85 500,0 ming dollari xorijiy investitsiya hisobidan jalb etiladi.
Loyihani ishga tushish muddati – 2022 yil mart oyi. Loyiha ishga tushgach, 800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaga “O‘zavtosanoat” AJ mas’ul etib belgilangan.