Asakada odam o‘g‘irlab, uni do‘pposlagan treyderlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Asaka tumanida zo‘ravon treyderlar qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumanida 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, moliyaviy kelishmovchilik ortidan o‘ziga tanish bo‘lgan to‘rt nafar shaxs tomonidan zo‘ravonlikka uchragan. 

Aniqlanishicha, treyding savdosi ortidan yuzaga kelgan nizo sababli jabrlanuvchi fuqaro “Ergashabod” mahallasi hududidagi qurilishi tugallanmagan uyga majburan olib borilib, ayovsiz ravishda urib, do‘pposlangan. 

Surishtiruv harakatlari natijasida jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchi shaxslar aniqlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1987, 1980,1994, va 2004 yillarda tug‘ilgan gumonlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Tergov davomida aniqlanishicha, jabrlanuvchi internet orqali onlayn birja savdolar bilan shug‘ullangan hamda tanishlarning sarmoyasini ko‘paytirish maqsadida 11 ming AQSH dollari qabul qilgan. Biroq savdo operatsiyalari kutilgan natijani bermagani sababli pul mablag‘lari qaytarilmagan va o‘rtada nizo kelib chiqqan. 

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 9 yoshli bolani ZIL mashinasi urib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Asaka odam o'g'irlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing