Asadullayev rossiyalik yengilmas bokschini mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 26 aprel kuni Rossiyaning Ufa shahrida IBA PRO 3 professional boks oqshomi start oldi. Ushbu kechada o‘zbekistonlik profbokschi Havasbek Asadullayev rossiyalik yengilmas bokschi Alan Xugayevdan ustun keldi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yarimo‘rta vazn toifasidagi ushbu jang to‘liq davom etdi va unda Asadullayev ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jangda qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. 26 yashar Alan Xugayev esa bugun 20-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Havasbek Asadullaev IBA PRO 3 professional boks oqshomi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing