Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Prezident sovg‘a qilgan Tahoe’da 110 km/soat tezlik bilan harakatlandi (video)
Sport
−
24 Sentyabr 2024 65279 1 daqiqa
Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent ko‘chalari bo‘ylab Tahoe’da 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U jarayon aks etgan videoni o‘z Instagram sahifasiga joyladi.
Ma’lumki, Toshkent shahrida esa avtomobillar uchun cheklangan tezlik 60 km/soatni tashkil qiladi. Video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, sportchining sahifasidan o‘chirib yuborildi.
Ma’lumot uchun, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 71 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarining final bahsida Meksika vakili Marko Alonso Verde Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij Olimpiadasi 8 ta oltin medal egasining har biriga 200 ming AQSH dollari, Toshkent shahridan 2 qavatli kottej va Tahoe avtomobili, 2-o‘rin sohiblariga 100 ming AQSH dollari, 2 qavatli kottej va BYD Song Plus Champion, bronza medali egalariga ham uy hamda BYD, shuningdek, 50 ming AQSH dollari taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr