Asadga Rossiya uning rejimini saqlab qolmasligi haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Rossiya Suriya Prezidenti Bashar Asadga uning rejimini bir necha hafta ichida bir necha yirik shaharlarni egallashga muvaffaq bo‘lgan tez olg‘a borayotgan muxolifat jangarilaridan qutqarish uchun jiddiy aralashish niyatida emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.

Telekanal suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Asadga Rossiyaning aralashuvi sodir bo‘lsa, bu cheklangan tarzda bo‘ladi, chunki Moskva endi “boshqa ustuvorliklarga” ega. “Bloomberg” agentligining Kremlga yaqin manbasi 2011 yilda rejimi deyarli qulagan va so‘nggi 9 yilda Rossiya armiyasi tufayli omon qolgan Asadni saqlab qolish uchun Moskvaning hech qanday rejasi yo‘qligini tasdiqlagan. Manba Asad armiyasi chekinib, birin-ketin shaharlarni taslim etayotgani inobatga olinsa, bunday qutqaruv rejasi paydo bo‘lishi dargumonligini bildirgan.

6 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi qurolli kuchlar Suriyaning yirik Homs shahriga yaqinlashdi. O‘tgan hafta oxirida ular mamlakat shimolidagi Halabni egallab olgandi, keyin esa 5 dekabr kuni Hamani egallash uchun janubga yo‘l oldi. 6 dekabr kuni “Suriya demokratik kuchlari” deb ataluvchi kurd bo‘linmalari Asad qo‘shinlari mamlakat markaziga qayta joylashish uchun shaharni tark etgach, Suriyaning Dayr-az-Zor shahriga kirib, Iroq bilan chegara punktlarini nazoratga olgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Bashar Asad Suriya Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing