O‘zbekistonda axloqsiz videolari bilan tanilgan bloger vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 19 iyul kuni “Asad Algo” nomi bilan tanilgan bloger vafot etdi. Bu haqda uning Instagram sahifasida ma’lum qilindi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, u bosh sohasida o‘tkazilgan operatsiyasidan so‘ng vafot etgan.

Blogerning Instagram'da bir millionga yaqin obunachisi bor.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, 20 yoshli bloger vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

“Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

bloger Asad Algo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing