Arzon uy-joy uchun kreditning imtiyozli davri qisqartirildi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
6755O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirigi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3 yillik), birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida (hozir 16 foiz) beriladi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab esa 1 yillik imtiyozli davr bilan, birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.
LiveBarchasi