Artur Beterbiyev mutlaq jahon chempioniga aylandi (video)

Sport

image

13 oktyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun ikki rossiyalik bokschilar Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘zaro to‘qnash keldi.

Hozirgacha mag‘lubiyatsiz kelayotgan ikki charm qo‘lqop ustasi o‘rtasidagi shiddatli jang to‘liq davom etdi.  Hakamlar qaroriga ko‘ra, 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Artur Beterbiyev g‘alaba qozondi va o‘z vaznida mutlaq chempionga aylandi.

Bungacha Beterbiyev WBC, WBO va IBF kamarlariga egalik qilib kelayotgandi. Mag‘lubiyat oqibatida Bivol o‘ziga tegishli WBA va IBO kamarlarini raqibiga boy berib qo‘ydi hamda profboksdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 33 yoshli Bivol shu vaqtga qadar 23 ta g‘alabali seriya qayd etib kelayotgandi. 39 yoshli Beterbiyev esa profboksdagi 21-jangida ham zafar quchdi.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Beterbiev jahon chempioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing