“Arsenal” yana uch futbolchi sotib olmoqchi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasining qolgan qismida yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va, byudjet imkon bersa, hujumchi xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Ayni vaqtda “Arsenal”dan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Reyss Nelson ham bor. Unga “Vest Xem” qiziqish bildirmoqda. Londonliklar futbolchini yana ijaraga berishdan ko‘ra, uni to‘liq transfer asosida sotishni afzal ko‘rmoqda.

Sotuvga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yana ikki futbolchi – braziliyalik hujumchilar Gabriel Jezus va Gabriel Martinelli. 

Italiyaning “Napoli” klubi esa Jezusni tarkibiga qo‘shib olishga qiziqmoqda, “Galatasaroy” esa Martinelli bo‘yicha “Arsenal”ga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Arsenal” Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing