“Arsenal” o‘zining birinchi transferiga erishish arafasida

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi “Roma” himoyachisi Kostas Manolasning transferiga ega chiqish arafasida turibdi.

O‘z navbatida, Manolas ham “Arsenal”ga o‘tishni xohlamoqda. Londonliklar futbolchini sotib olish uchun rimliklarga 36 million yevro taklif kiritgan.

“Kanonirlar” tez orada futbolchi bilan bitim tuzishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun “Arsanal” 29 may kuni Yevropa ligasining finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga chiqadi. Agar jamoa g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, unda keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Manolas joriy mavsum A Seriyaning 27 ta uchrashuvida 1ta gol urib, 1ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Kostas Manolas

Baholaganlar

23

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing