“Arsenal” uchinchi bor yevrokubok finalida mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 29 may kuni ushbu mavsumdagi ilk yevrokubok egasining nomi aniqlandi. Baku shahridagi “Olimpiya” stadionida o‘tkazilgan Yevropa лигаси finali bahsida Londonning икки klubi “Chelsi” va “Arsenal” o‘zaro kuch sinashdi.

O‘yin teng kurashlar ostida o‘tgan бўлсада, “Chelsi” klubi futbolchilari o‘zlari yaratgan vaziyatlardan unumli foydalana олишди. Birinchi bo‘lim tomonlarning murosasi bilan yodda qolgan edi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshidayoq, “ko‘klar” “Arsenal”ning sobiq futbolchisi kiritgan gol evaziga ҳисобда oldinga chiqib олишди. Shundan keyin Pedro va Azarning dubliga “konanirlar”dan Aleks Ivobi bir marta javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrin “Chelsi” murabbiyi Maurisio Sarri faoliyatidagi ilk sovrin hisoblanadi. “Arsenal” murabbiyi Unai Emeri esa faoliyatida ilk bor Yevropa лигаси finalida mag‘lub bo‘ldi. U ushbu musobaqada “Sevilya” klubi bilan qatorasiga uch marta g‘olib chiqqan edi.

“Chelsi” – “Arsenal” 4:1 (0:0, 4:1).
Baku shahri, “Olimpiya” stadioni.

Gollar: Jiru (49, 1:0), Pedro (60, 2:0), Azar (65-pen, 3:0), Ivobi (69, 3:1), Azar (72, 4:1).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Zappakosta, 89), Jiru.

“Arsenal”: Chex, Koselni, Monreal (Ivobi, 67), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.

Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68).


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal Futbol Evropa ligasi

Baholaganlar

8

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made