Arsenal sardori jamoani tark etishi mumkin
Sport
−
24 may 2019 5352 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Loran Koselni Londonning “Arsenal” klubini tark etishi mumkin.
Klub futbolchi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish huquqiga ega. Ammo, agar tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha kelisha olmasalar futbolchi shartnomani shu yozda bekor qilishi mumkin bo‘ladi.
Futbolchi “Arsenal” agar Yevropa Ligasi final uchrashuvida mag‘lub bo‘lsa, jamoadan ketmoqchi. Chunki “Arsenal” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan bo‘ladi.
Futbolchiniqo‘lga kiritish uchun “Bayer”, “Renn” va “Milan” klublari raqobatlashmoqda. Ammo leverkuzenliklar Chempionlar Ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritganligi sababli uning “Bayer”ga o‘tish imkoniyati yuqoriroq.
O‘z navbatida, “Arsenal” uning o‘rniga “Barselona” himoyachisi Samyuel Umtitini jamoaga olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Koselni “Arsenal”ga 2010 yilda kelib qo‘shilgan edi va u Londonda uch martadan Angliya kubogi va superkubogida g‘alaba qozona olgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025