“Arsenal” Sakaning o‘rnini kim bilan to‘ldirmoqchiligi aniq bo‘ldi

Sport

image

London klubi jarohat olib bir necha oyga safdan chiqqan Bukayo Sakaning o‘rnini “Vulverxempton” hujumchisi Mateus Kunya bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 dekabr kuni “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, fevralgacha safdan chiqqan Bukayo Sakaning yo‘qligini bilintirmaslik uchun “Arsenal” rahbariyati “Vulverxempton” forvardi Mateus Kunyani sotib olishga harakat qiladi. “Kanonirlar” braziliyalik futbolchini yanvardayoq qo‘lga kiritishni jiddiy maqsad qilgan. 

25 yoshli hujumchi “bo‘rilar” safiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Mateus joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Kunyaning narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevro etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Vulverxempton Bukayo Saka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing