“Arsenal” Sakaning o‘rniga yangi bir nomzodni nishonga oldi
Sport
−
09 yanvar
872Londonning “Arsenal” klubi “Brentford” vingeri Brayan Mbeumoni sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, “kanonirlar” jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Bukayo Sakaning o‘rnini “Brentford” futbolchisi Brayan Mbeumo bilan to‘ldirishni niyat qilgan. Agar transfer qishda amalga oshmasa, klub yozda yana bir bor urinib ko‘radi.
Ma’lumot o‘rnida, kamerunlik futbolchi “Brentford” safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 25 yoshli futbolchi jamoa tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 assist qayd etdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar