“Arsenal”ning 4 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi nihoyasiga yetdi
Sport
−
03 may 2023
2790“Arsenal” Angliya Premer-ligasining so‘ngi turida “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, 4 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Mikel Arteta shogirdlari APL 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvda yarim himoyachi va jamoa sardori Martin Edegorning dubli va Gabriyel Jezusning goli evaziga g‘alabaga erishdi (3:1).
Londonliklar uchun bu g‘alaba so‘nggi beshta o‘yindagi birinchisi bo‘ldi. Oxirgi marta “Arsenal” 1 aprel kuni APLda g‘alaba qozongandi, o‘shanda Arteta jamoasi o‘z maydonida “Lids Yunayted”dan (4:1) ustun kelgan.
“Lids”ga qarshi bahsdan keyin “Arsenal” uch marta - “Liverpul” (2:2), “Vest Xem” (2:2) va “Sautgempton” (3:3) bilan durang o‘ynadi. "Manchester Siti"ga qarshi bahsda esa “kanonirlar” imkoniyatni boy berdi (1:4).
Ayni damda londonliklar 34 turdan keyin 78 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi “Manchester Siti” hisobida 76 ochko bor, ammo Gvardiola shogirdlarida qo‘shimcha 2 ta o‘yin mavjud.
LiveBarchasi