“Arsenal” MYU futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
26 mart 2019
3961“Manchester Yunayted” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ander Erreraga Londonning “Arsenal” klubi ham qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli futbolchi maosh masalasida kelisha olmaganligi uchun MYU bilan shartnomani uzaytirmaydi. “Konanirlar” futbolchining moliyaviy talabini bajarishga tayyor. Ular ispaniyalik futbolchiga haftasiga 150 ming funt maosh to‘lamoqchi.
Hozirgi paytda Errera manchesterliklar safida harakat qilayotgani uchun 80 ming funt olmoqda. Futbolchining o‘zi jamoadan ketmoqchi emas. Faqat maoshini ikki barobar ko‘tarilishini istamoqda. “Manchester Yunayted” Ander uchun bunday maosh berishga tayyor emas. Shu boisdan futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.
Oldinroq, futbolchining xizmatlariga PSJ qiziqish bildirayotgani va ayni damda futbolchining o‘zi bilan muzokara olib borayotgani aytilgan edi.