“Arsenal” mavsumning yarmida 50 ochko to‘plagan to‘rtinchi APL klubiga aylandi

Sport

image

“Arsenal” Angliya Premer-ligasining yarim mavsumida 50 ochko to‘plagan to‘rtinchi klub bo‘ldi.

O‘tkazilgan 19 uchrashuvdan so‘ng londonliklar 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”dan 5 ochko oldinda bormoqda.

Shu vaqtga qadar APLda 38 uchrashuvdan iborat mavsumning yarmida jamoalar 50 ochkodan ko‘p to‘plagan holat besh marta yuz bergan. Bu ishni “Manchester Siti“ (2017-2018),  “Liverpul” (2019-2020), “Chelsi” (2005-2006) va yana “Liverpul” (2018-2019) uddalagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 yanvar kuni Angliya Premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi yakuniga yetdi. Londondagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “Arsenal” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

APL “Arsenal”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing