“Arsenal” klubi afsonasi Husanovning “Siti”dagi kelajagi haqida gapirdi (video)

Sport

−

image

“Arsenal” klubi va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ian Rayt “Manchester Siti” himoyachisi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “shaharliklar” uchun istiqbolli futbolchi ekanligini aytdi. Bu haqda u “Bornmut”-“Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin oldidan tashkil etilgan studiyada so‘z ochgan.

“Abduqodir Xusanov “Manchester Siti” uchun juda istiqbolli futbolchi”, deydi Rayt.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi “shaharliklar” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Husanov “Sofascore” tomonidan kecha, 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi chorak finalida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda 6.5 ballga loyiq ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing