“Arsenal” futbolchisi Milanda pichoqlandi
Sport
−
28 Oktabr 2022
7134Joriy mavsumni Italiyaning "Monsa" klubida ijara asosida o‘tkazayotgan “Arsenal” himoyachisi Pablo Mari Milan chekkasidagi savdo markazida pichoqlandi. Bu haqda "Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi. Xabarga ko‘ra, futbolchi vertolyotda shifoxonaga olib borilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Maridan tashqari, yaqin atrofdagi yana besh kishi jarohatlangan. Pablo kabi yana ikki kishi og‘ir yaralangan va ular ham shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya aybdorni qo‘lga oldi, u ruhiy kasallikdan aziyat chekayotgan 46 yoshli italiyalik erkak bo‘lib chiqdi.
"Monsa" bosh murabbiyi Raffaele Palladino, shuningdek, klub bosh direktori Adriano Galliani allaqachon futbolchining oldiga jo‘nab ketishgan.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi