“Bavariya” va “Arsenal” bahsida g‘olib aniqlanmadi

Sport

−

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Germaniyaning “Bavariya” klubi Chempionlar ligasining uchinchi turi doirasida o‘z maydonida Angliyaning “Arsenal” jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar safida Alfonso Devis (35-daqiqa) va Harri Keyn (61, penalti) gol kiritdi. Londonliklar tarkibida esa Eberechi Eze (25) va Deklan Rays (82) o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Harri Keyn Chempionlar ligasidagi ketma-ket 10-uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqa tarixida faqat portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bundan uzoqroq golli seriya qayd etgan – 11 ta o‘yin.

“Arsenal” yetti ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. “Bavariya” esa besh ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

Keyingi turda “Arsenal” joriy yilning 4 noyabr kuni safarda Chexiyaning “Slaviya Praga” klubiga qarshi bahs olib boradi. “Bavariya” esa bir kun avval Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Turning boshqa uchrashuvlarida Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi safarda Italiyaning “Komo” klubiga yirik 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Aston Villa” esa o‘z maydonida Norvegiyaning “Viking” jamoasini 3:1, Ispaniyaning “Betis” klubi Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Belgiyaning “Bryugge” klubi Fransiyaning “Lans” jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Italiyaning “Inter” klubi Ukraina “Shaxtyor”ini 1:0 hisobida yengdi. Avstriyaning “LASK” jamoasi esa safarda Portugaliyaning “Sporting” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing