“Arsenal” Braziliya terma jamoasi hujumchisi bilan kelishib oldi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va “Gremio” klubi hujumchisi Everton Londonning “Arsenal” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Xorij OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, tomonlar 23 yoshli forvardning transferi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra “konanirlar” futbolchi uchun Braziliya klubiga 40 mln yevro o‘tkazib beradi.

Ma’lumot uchun, Everton joriy mavsum “Gremio” klubi safida Braziliya chempionati doirasida 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvoffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Arsenal” boshqa bir braziliyalik futbolchi Malkomga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” vinger uchun londonliklardan 50 mln yevro talb qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Braziliya Everton Gremio

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing