“Arsenal” 122 mln yevrolik transferni amalga oshirdi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays transferini e’lon qildi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik yarim himoyachi “kanonirlar”ga 122 million yevroga tushgan. Deklan Rays va “Arsenal” kelishuvi rasman imzolangach, u “Arsenal” tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Shuningdek, u angliyalik eng qimmat futbolchi nomini ham oladi.

Ta’kidlanishicha, futbolchi tez orada ingliz klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Deklan Rays 2022/2023 yilgi mavsum davomida Angliya Premer-ligasi doirasidagi 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan hamda “Vest Xem” safida Konferensiyalar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Deklan Rays

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing