Arsen Venger “Arsenal”ga qaytadimi? Murabbiyning o‘zi javob berdi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Londonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

“Hozirda 71 yoshdaman. Men bu klubga hayotimni bag‘ishladim. “Arsenal” hozir yaxshi holatda. Ularda bir nechta qiyin o‘yinlar bo‘ldi, lekin bu jamoaning salohiyati bor. Umid qilamanki, ular vaziyatni to‘g‘irlaydi. Hozircha klubning oddiy muxlisiman”, deydi fransiyalik mutaxassis.

Arsen Venger 1996-2018 yillar davomida “to‘pchilar”ni boshqargan va 3 marta APL, 7 martadan Angliya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2006 yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” Angliya Premer ligasida dastlabki uchta mag‘lubiyatdan so‘ng, to‘plar nisbatiga  ko‘ra (0-9) oxirgi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Arsen Venger UEFA Chempionlar ligasi

Baholaganlar

104

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing